Biologiya
Botanika, zoologiya, odam anatomiyasi va fiziologiyasi, sitologiya, genetika. Tibbiyot oliygohi talab qiladigan hajmda.

Xususiy maktab · Toshkent · 1995-yildan
5–11-sinflar uchun xususiy maktab. Kimyo va biologiya chuqur oʻrgatiladi, har yakshanba kirish imtihoni formatida test oʻtkaziladi, natijalar onlayn platforma va Telegram-botda koʻrinadi.
Maktab
Shifokor yoʻli maktab partasidan boshlanadi.

Nekov School 1995-yildan beri bitta maqsad sari ishlaydi: oʻquvchini tibbiyot oliygohiga tayyorlash.
Darslar dushanbadan shanbagacha, yakshanba esa imtihon kuni. Talabchan ustozlar, qatʼiy tartib va har haftalik nazorat oʻquvchini bosqichma-bosqich kirish imtihoni darajasiga olib chiqadi.

Asoschilar
Fanlar
Botanika, zoologiya, odam anatomiyasi va fiziologiyasi, sitologiya, genetika. Tibbiyot oliygohi talab qiladigan hajmda.
Umumiy, anorganik va organik kimyo. Har bir darsda masala yechiladi.

Majburiy fanlar (ona tili, matematika, Oʻzbekiston tarixi) va fizika ham dasturda.

Har hafta
Har hafta oʻquvchi kirish imtihoni formatidagi offlayn testni topshiradi. Natija avtomatik baholanadi va onlayn platforma hamda Telegram-botga tushadi. Guruh ichidagi reyting kim qayerda koʻproq ishlashi kerakligini koʻrsatadi.
Ota-onalar uchun
Dars jadvali, baholar, davomat va yakshanba testi natijasi mobil ilovada va Telegram-botda. Ota-ona farzandining oʻqishini har kuni kuzatib boradi.
Yoʻl
Har bir sinf zanjirning bir halqasi. Bosqichni tanlang.

Natijalar
Har yili bitiruvchilar natijalari DTM varaqalari bilan birga eʼlon qilinadi. Toʻliq roʻyxatlar Instagramdagi «Natija» boʻlimida.
Filiallar

Qabul